O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish muddati 2023 yilga ko‘chirildi

Olam

image
Endi chaqaloqning hujjatlari ota-ona ishtirokisiz rasmiylashtiriladi north_east

Endi chaqaloqning hujjatlari ota-ona ishtirokisiz rasmiylashtiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 11 noyabr kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan, mamlakatdja aholini ro‘yxatga olish muddati 2023 yilgacha uzaytirildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi PF-5655-son Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olish 2022 yilda o‘tkazilishi belgilangan edi. 

Shuningdek, O‘zbekistonda aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbiri 2021 yil 1-25 noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida amalga oshiriladi.

Hukumat qarori bilan, yana quyidagilar tasdiqlandi:

•    O‘zbekistonda 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom;

•    O‘zbekistonda 2021 yilda sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish dasturi;

•    O‘zbekistonda 2021 yilda sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish varag‘i shakllari ro‘yxati;

•    Aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga jismoniy va yuridik shaxslarni jalb etish va ularga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom.

Bugungi kunda dunyoda kuzatilayotgan koronavirus pandemiyasi sababli ko‘pgina davlatlar aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish muddatlarini keyingi yillarga ko‘chirish choralarini ko‘rishmoqda. Jumladan, 2020 yilda Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston va Armaniston Respublikalarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan aholini ro‘yxatga olish tadbirlari 2021 yilga ko‘chirildi.


Maqola muallifi

Teglar

aholini ro'yxatga olish

Baholaganlar

26

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing