Bir nafar aholini ro‘yxatga olish qanchaga tushgani aytildi
Jamiyat
−
30 iyun 8561 1 daqiqa
O‘zbekistonda o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olish jarayoni uchun qariyb 4,5 million AQSH dollaridan ko‘p mablag‘ sarflangan. Bu haqda Statistika qo‘mitasining aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining dastlabki natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, bir nafar aholini ro‘yxatga olish uchun sarflangan xarajat 0,12 AQSH dollarini tashkil etgan.
Avvalroq xabar qilinganidek, ro‘yxatga olishning dastlabki natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi soni 39 047 321 nafarni tashkil etgan bo‘lib, jarayonda umumiy aholining 97,3 foizi ro‘yxatga olingan. Umumiy harajat summasi esa, ya’ni 4,5 million AQSH dollari mana shu raqamlar asosida keltirilgan bo‘lib, bu hali rasmiy isbotini topmagan.
Shuningdek, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining dastlabki natijalariga ko‘ra, aholining 35,7 million nafari yoki 91,3 foizi o‘zbek tilini ona tili sifatida ko‘rsatgan. Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich etnik o‘zbeklar ulushidan 1,9 foiz punktga yuqori.
Ma’lum qilinishicha, aholining millatlar bo‘yicha tarkibida o‘zbeklar ulushi 89,4 foizni tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining dastlabki natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston hududida 1 yildan ortiq muddat istiqomat qilayotgan 56 860 nafar xorijiy fuqaro ro‘yxatga olingani haqida xabar berilgan edi.

Live
Barchasi