O‘zbekistonda yashayotgan xorijliklar soni ma’lum bo‘ldi

Bu qiziq

image

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining dastlabki natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston hududida 1 yildan ortiq muddat istiqomat qilayotgan 56 860 nafar xorijiy fuqaro ro‘yxatga olingan. Bu haqda ayni vaqtda bo‘lib o‘tayotgan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining dastlabki natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, 56 860 nafar xorijiy fuqarodan 19 300 nafari Toshkent shahrida istiqomat qilmoqda.

Ro‘yxatga olingan xorijiy fuqarolar davlatlar kesimida:

  1. Hindiston – 13 312 nafar;
  2. Rossiya Federatsiyasi – 10 826 nafar;
  3. Qozog‘iston – 9 425 nafar;
  4. Tojikiston – 5 722 nafar;
  5. Turkmaniston – 5 347 nafar;
  6. Qirg‘iziston – 4 397 nafar;
  7. Pokiston – 1 433 nafar;
  8. Xitoy – 1 031 nafar;
  9. Turkiya – 811 nafar;
  10. Koreya Respublikasi – 691 nafar;
  11. Boshqa davlatlar – 3 865 nafar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ro‘yxatga olish natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi soni 39 million nafardan oshgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, aholi soni 1989 yildagi ro‘yxatga olish natijalariga nisbatan 2 barobarga oshgani ma’lum bo‘ldi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing