Qirğiziston Özbekistonga çeklovlarsiz kartoşka yetkazib beradi

O‘zbekiston

−

image

Qirğiziston va Özbekiston qişloq xöjaligi mahsulotlari savdosini kengaytiriş, qöşma qayta işlaş korxonalarini rivojlantiriş hamda eksport uçun mavjud tösiqlarni bartaraf etiş niyatida. Xususan, tomonlar qirğiz kartoşkasini Özbekiston bozoriga yetkazib berişda heç qanday çeklovlar bölmasligini tasdiqladi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.

Qayd etilişiça, uşbu masalalar keça, 11 noyabr kuni Toşkentda Qirğiziston Vazirlar Mahkamasi raisi örinbosari – vazir Erlist Akunbekov va Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov örtasida muhokama qilingan.

Uçraşuv davomida Qirğiziston tomoni mahalliy qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş korxonalarini Özbekistonning tegişli reyestriga kiritiş jarayonini tezlaştirişni taklif qilgan. Bu qirğizistonlik işlab çiqaruvçilarga qöşni mamlakat bozoriga çiqiş imkoniyatlarini kengaytiriş imkonini beradi.

Uçraşuv iştirokçilari qayta işlaş tarmoğiga investitsiyalar jalb qiliş va qöşma Qirğiziston–Özbekiston korxonalarini taşkil etiş masalalariga alohida e’tibor qaratgan. Şuningdek, işlab çiqariş kooperatsiyasi, uruğçilikni rivojlantiriş, çorvaçilikka zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş va naslçilik işlarini takomillaştiriş masalalari ham muhokama qilingan.

Tomonlar Özbekiston Respublikasiga qirğiz kartoşkasini uzluksiz yetkazib berişni ta’minlaş va uni yetiştiriş sohasida tajriba almaşişni davom ettirişga kelişib olgan.

Şuningdek, Qirğiziston Özbekistonga qirğizistonlik dehqonlar yetiştirgan kartoşkani yetkazib berişda qöşilgan qiymat soliğini (QQS) bekor qilişni taklif etgan. Uçraşuv çoğida tomonlar Prezidentlar Şavkat Mirziyoyev va Sadir Japarovning qişloq xöjaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş böyiça kelişuvlari ijrosini muhokama qilgan.

Qirğiziston kartoşkasi eksportiga alohida urğu berildi. Akunbekov uni Özbekistonga yetkazib berişda QQSni bekor qiliş taklifi bilan çiqqan.

Ibrohim Abdurahmonov Qirğizistondan kartoşka va boşqa turdagi qişloq xöjaligi mahsulotlari importi uçun “yaşil yölak” yaratiş taşabbusini ilgari surişga kömaklaşişga tayyor ekanligini bildirgan.

Bundan taşqari, tomonlar Qirğizistonda qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş va saqlaş böyiça qöşma korxona taşkil etişga kelişib olgan. Loyihani Özbekiston–Qirğiziston taraqqiyot jamğarmasi mablağlari hisobidan moliyalaştiriş közda tutilmoqda.

Erişilgan yana bir kelişuv uruğçilik sohasiga taalluqli. Qirğiziston hududida uruğlik yetiştirişni taşkil etiş va keyinçalik uni Özbekiston bozorida sotiş rejalaştirilmoqda.

Şu bilan birga, qöşma korxonani taşkil etiş muddatlari, investitsiyalar hajmi va QQSni ehtimoliy bekor qilişning aniq şartlariga oydinlik kiritilmagan.

Uçraşuv yakunlari böyiça iştirokçilar agrar sohada savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirişga, şuningdek, qöşma loyihalarni amalga oşiriş böyiça amaliy işlarni davom ettirişga tayyor ekanliklarini tasdiqlagan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing