O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish ishlari 2026 yilgacha yakunlanishi mumkin

Jamiyat

image
O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish muddati 2023 yilga ko‘chirildi north_east

O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish muddati 2023 yilga ko‘chirildi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston prezidenti farmoni loyihasi ommaviy muhokama uchun joylashtirildi.

Hujjat loyihasida O‘zbekiston Respublikasi prezidentining ayrim hujjatlari, xususan PF-5655-son farmoni hamda PQ-4796-songa o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilgan.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda o‘tkazilishi nazarda tutilgan aholini ro‘yxatga olish ishlari 2023 yilga ko‘chirilishi mumkin.

Statqo‘mning tushuntirishicha, pandemiya sababli ko‘pgina davlatlar aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish muddatlarini keyingi yillarga ko‘chirish choralarini ko‘rishmoqda.

Qayd etilishicha, Respublika aholisi va uning farovonligi to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlar aholini ro‘yxatga olish orqali shakllantirilib, uzoq muddatli prognozlar va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadli dasturlarini, yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturlarini ishlab chiqish, barqaror rivojlanish Milliy maqsadlari indikatorlarini shakllantirish, mehnat resurslari joylashuvi va ulardan foydalanish jarayonlarini o‘rganish, ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun muhim poydevor hisoblanadi. 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish, uni o‘tkazish, birlamchi ma’lumotlarini tahlil qilish va yakuniy natijalarini e’lon qilishga doir belgilangan vazifalarni to‘liq, sifatli hamda o‘z vaqtida bajarish imkonini beradi.

Ta’kidlanishicha, aholini ro‘yxatga olishning respublika va hududlar darajasida yakuniy natijalarini olish muddati 2025 yil 1 dekabr etib belgilanishi taklif etilgan. Shuningdek, aholini ro‘yxatga olish natijalarini rasmiy chop etish, tarqatish, axborot bilan ta’minlash va e’lon qilish, aholini ro‘yxatga olishning dastlabki va yakuniy ma’lumotlarini arxivda saqlashga tayyorlash muddati ham 2025 yil yakuniga belgilanmoqda.

Ma’lumot uchun, aholini ro‘yxatga olish natijasida respublika va hududlar bo‘yicha aholi soni aniq hisoblab chiqiladi. Shuningdek, aholining jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli, ma’lumoti, turmush darajasi, yashash sharoiti, bandligi, millati, fuqaroligi hamda boshqa demografik, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari bo‘yicha yagona axborot bazasi yaratiladi; demografik siyosatni, aholi sog‘ligini mustahkamlash, ayollar va bolalar ahvolini yaxshilash va oilalarga yordam ko‘rsatish chora-tadbirlarini ishlab chiqish uchun axborotlar bazasi kengaytiriladi; aholi punktlari va shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, mehnat resurslaridan foydalanish va ularni joylashtirish bo‘yicha kelgusi 10-30 yillik rivojlanishning prognoz ko‘rsatkichlarini hisoblash uchun ishonchli poydevor yaratiladi.


Maqola muallifi

Teglar

aholini ro'yxatga olish

Baholaganlar

23

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing