O‘zbekistonda aholiga ijtimoiy ko‘mak beruvchi “Inson” markazlari tashkil etiladi
Jamiyat
−
28 iyul 2023
4847O‘zbekistonda aholiga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatuvchi markazlar tashkil etiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Farg‘ona shahrida o‘tkazilayotgan Ichki ishlar vazirligining kengaytirilgan hay’at yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, davlat rahbari Ijtimoiy himoya milliy agentligiga yil yakuniga qadar viloyat hokimlari bilan birga barcha hududlarda aholiga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatuvchi “Inson” markazlarini ishga tushirish bo‘yicha topshiriq bergan.
Ma’lumot uchun, Shavkat Mirziyoyev ushbu agentlikka zo‘ravonlikka uchragan ayollarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “koll-markazlar” tashkil qilishni ham topshirdi.
Shuningdek, qiyin ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar uchun huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish xizmatini kengaytirish vazifasi qo‘yildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda uyushmagan yoshlarning yagona elektron bazasi shakllantirilishi haqida xabar berilgandi. Shuningdek, mamlakatda barcha shoshilinch murojaatlar uchun yagona dispetcherlik tizimi ishga tushirilishi ma’lum qilindi.
LiveBarchasi