O‘zbekistonda xatlov o‘tkaziladi
Jamiyat
−
27 noyabr 2019 17309 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “ Respublika suv ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.
Qarorga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Vazirlik bilan birgalikda bir oy muddatda:
• ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari bilan ta’minlangan va ta’minlanmagan barcha aholi punktlarini xatlovdan o‘tkazadi;
• 2020–2030 yillar davrida tegishli hudud aholisini ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari bilan ta’minlashning aniq maqsadli ko‘rsatkichlarini ko‘rsatgan holda suv ta’minoti va suv chiqarish ob’ektlarini kengaytirish sxemalari va manzilli dasturini tasdiqlaydi;
• suv ta’minoti va suv chiqarish tizimlari davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tadbirkorlik sub’ektlariga hamda tegishli aholi punktlarining aholisi tomonidan tuziladigan markazlashmagan suv ta’minoti tashkilotlariga topshirilishi lozim bo‘lgan aholi punktlari ro‘yxatini shakllantiradi.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr