O‘zbekistonda 9 foiz bola yetarlicha ovqatlanmaydi – UNICEF

Jamiyat

image
UNICEF favqulodda operatsiya uchun rekord darajada mablag‘ so‘radi north_east

UNICEF favqulodda operatsiya uchun rekord darajada mablag‘ so‘radi

UNICEF milliardlab bolalarni qiynayotgan muammo haqida ma’lumot berdi north_east

UNICEF milliardlab bolalarni qiynayotgan muammo haqida ma’lumot berdi

O‘zbekistonda oxirgi yigirma yil davomida reproduktiv yoshdagi (15-49 yoshda) va homilador ayollar ovqatlanishining umumiy ahvoli yaxshilanganligi kuzatildi. Bu haqda UNICEF`ning O‘zbekistonda bolalar salomatligi va ta’limi haqida taqdim etgan hisobotida qayd etilgan.

O‘zbekistonda yangi tug‘ilgan bolalar o‘limining ko‘pchiligi 2018 yilda qayd etilgan yangi tug‘ilgan o‘limlarning taxminan 32 foiz, onaning homiladorlikdan oldingi sog‘lig‘i, birinchi navbatda ovqatlanish va yuqumli kasalliklar bilan bog‘liq.

Qayd etilishicha, farzand ko‘rish yoshdagi ayollar hanuz to‘g‘ri ovqatlanishga erisholmayaptilar: homilador bo‘lmagan ayollarning qariyb 20 foizi anemiyaga chalingan; homilador bo‘lmagan reproduktiv yoshdagi ayollarning taxminan atigi 40 foizi minimal diyeta me’yorlariga javob beradi va homilador bo‘lmagan ayollarning deyarli yarmida folat tanqisligi mavjud. 

Folat tanqisligi shahar hududlarida yashovchi ayollarda ko‘proq kuzatiladi va viloyatlar orasida folat tanqisligi tarqalganligida katta tafovutlar mavjud: Xorazmda 22,9 foizdan Farg‘onada 58,8 foizgacha. Homilador bo‘lmagan ayollarning taxminan besh nafaridan birida V12 vitamini tanqisligi qayd etiladi. Homilador ayollarning ovqatlanishida ham muammolar mavjud: homilador ayollarning qariyb uchdan bir qismi anemiyadan aziyat chekadilar va bunday holat JSSTning tasnifiga ko‘ra, jamoat sog‘liqni saqlash tizimining o‘rtamiyona muammosi sifatida e’tirof etiladi; homilador ayollarning yarmigina minimal maqbul diyeta xilma-xilligiga amal qiladi va bunday ayollarning har o‘n nafaridan birigina tavsiya etiladigan A vitaminli qo‘shimchalarni, har uch nafaridan birigina polivitaminli tabletkalarni qabul qiladi.

Mavjud ma’lumotlar O‘zbekistonda bola parvarishini ta’minlaydigan ko‘pgina shaxslar bolalar kasalliklari yuzaga kelganda xatar alomatlarini to‘g‘ri aniqlay olmasligini ko‘rsatmoqda: 2006 yilda o‘tkazilgan MICS tadqiqotiga muvofiq, bolani parvarishlaydigan barcha shaxslarning o‘rta hisobda faqat 15 foizigina xatar alomatlarini aniqlay oladilar (Farg‘ona viloyatida atigi 3 foiz, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida – 6 foiz). 

Milliy emlashlar kalendariga muvofiq emlash bilan qamrab olinganlik to‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotlar qamrov darajasi deyarli umumiy ekanligini (99 foiz) ko‘rsatadi. Shunga qaramasdan, 2018 va 2019 yillarda qizamiqning birdan avj olishi immunizatsiya qamrovi talab darajasida bo‘lmaganligi va dorilarning keyingi dozalari o‘z vaqtida berilishi yuzasidan tashvishlanishga sabab bo‘lmoqda. Qizamiqqa uchraganlik tasdiqlangan holatlarining aksariyati Qashqadaryo viloyati, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida sodir bo‘ldi.

5 yoshgacha bo‘lgan bolalar ovqatlanishi amaliyoti keyingi ikki o‘n yillikda yaxshilangan bo‘lsa-da, chaqaloqlar va bolalarni ovqatlantirish masalasi hanuz yaxshilanishni talab etadi: 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarning atigi 50 foizi faqat ko‘krak suti bilan boqiladi; 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning uchdan bir qismigina minimal darajada maqbul turli ozuqalar bilan ta’minlanadi va ularning faqat 5 foizgagina minimal darajada maqbul ovqatlar ratsioni beriladi.

Bundan tashqari, bolalar orasida mikroelementlar tanqisligi keng tarqalgan: bolalarning 15 foizi anemiyadaga chalingan, ushbu yoshdagi bolalarning 50 foizdan ortig‘i temir yetishmovchiligi va 6 foizida A vitamini tanqisligi aniqlangan. Shu bilan birga, O‘zbekistondagi bolalarning 9 foizi surunkali yetarlicha ovqatlanmaslik alomatlariga ega (o‘sishdan orqada qolish) va 2 foizi o‘tkir dara jada yetarlicha ovqatlanmaslik belgilarini namoyon qiladi (ozginlik )


Maqola muallifi

Teglar

UNICEF

Baholaganlar

42

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing