UNICEF favqulodda operatsiya uchun rekord darajada mablag‘ so‘radi

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) 2021 yilgi favqulodda operatsiyalari uchun donorlardan 6,4 milliard dollar so‘radi. Bu tashkilot tarixidagi aynan shu maqsad yo‘lida so‘ralgan eng katta mablag‘ hisoblanadi

So‘ralgan mablag‘ 300 million kishiga, jumladan, 190 million nafar bolaga, shuningdek, farzandli oilalarga va homilador ayollarga yordam berish uchun sarflanadi. 

Qayd etilishicha, UNICEF 2021 yil uchun 2020 yilga nisbatan 35 foiz ko‘proq mablag‘ talab qilgan. Bu butun dunyoda COVID-19 pandemiyasi tufayli insonparvarlik ehtiyojlarining keskin o‘sishi bilan bog‘liq.

“Dahshatli pandemiya turli mojarolar, iqlim o‘zgarishi, tabiiy ofatlar bilan birgalikda bolalar uchun halokatli oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin”, dedi UNICEF Ijrochi direktori Genriyetta For.

U donorlar dunyodagi bolalarga ushbu qiyin paytlardan o‘tishda yordam berishiga umid bildirgan.

2020 yilda gumanitar vaziyat yomonlashishiga yangi mojarolar boshlanishi ham sabab bo‘lgan. Masalan, Efiopiyaning Tigray mintaqasida bo‘lib o‘tgan janglar natijasida 2,8 million kishi qashshoqlikka duch kelgan va yordamga muhtoj bo‘lib qolgan. 

Mozambikning Kabo Delgado viloyatidan esa 425 mingdan ziyod odam ko‘chirilgan, ular orasida 190 ming nafar bola bo‘lgan.

2020 yilda bolalarni o‘ldirish, o‘g‘irlash va askar sifatida ishlatish haqida xabarlar soni ko‘paymoqda. Bundan tashqari, kuchli bo‘ronlar Markaziy Amerika va Sharqiy Osiyodagi hududlarni vayron qildi. 

Pandemiya Afg‘oniston, Bangladesh, Burkina-Faso, Venesuela, Kongo Demokratik Respublikasi, Liviya, Ukraina va Janubiy Sudan kabi davlatlarda gumanitar vaziyatni yanada keskinlashtirdi. 

Kelasi yil mart oyida Suriyadagi mojarolar boshlanganiga 10 yil, Yamandagi harbiy harakatlar boshlanganiga esa 6 yil to‘ladi. Shu ikki mamlakatning o‘zida deyarli 17 million bola yordamga muhtoj.

Bugungi kunda deyarli 36 million bola, (tarixdagi har qanday davrga qaraganda ko‘proq) mojarolar, zo‘ravonlik va tabiiy ofatlar tufayli ko‘chirilgan hayotda yashamoqda. Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida bolalarga ochlik xavf solmoqda.

Avvalroq, tashkilot dunyo bo‘yicha taxminan 3 dan 17 yoshgacha bo‘lgan 1,3 milliard bolaning uyida internet mavjud emasligini ma’lum qilgandi. Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda 36 million o‘g‘il-qizning uyda internet yo‘q – bu mintaqadagi barcha maktab o‘quvchilarining 42 foizini tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

UNICEF

Baholaganlar

18

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing