O‘zbekistonda 856 nafar kishida koronavirus aniqlanib, 6 nafar bemor vafot etdi
Jamiyat
−
09 avgust 2021
38782021 yil 8 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 137491 nafarni tashkil etmoqda. So‘nggi sutkada 856 kishida koronavirus aniqlandi.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 86 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 39 nafari Andijon viloyatida,
- 19 nafari Buxoro viloyatida,
- 82 nafari Jizzax viloyatida,
- 31 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 17 nafari Navoiy viloyatida,
- 49 nafari Namangan viloyatida,
- 88 nafari Samarqand viloyatida,
- 22 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 85 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 78 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 32 nafari Xorazm viloyatida,
- 86 nafari Toshkent viloyatida,
- 142 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 110 nafar,
- Buxoro viloyatida 21 nafar,
- Jizzax viloyatida 92 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 31 nafar,
- Navoiy viloyatida 21 nafar,
- Namangan viloyatida 30 nafar,
- Samarqand viloyatida 122 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 82 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 81 nafar,
- Toshkent viloyatida 93 nafar,
- Toshkent shahrida 112 nafar bemor sog‘aygan.
Kasallikdan sog‘ayganlar 795 nafarga ortib, jami 130906 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
8 avgust kuni 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 934 nafarni tashkil qildi.
Shuningdek, kecha 439 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 14942 nafarga yetdi. Kecha ularning 440 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 7537 nafarni tashkil qilmoqda. 3 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 99 nafarga yetdi.
LiveBarchasi