O‘zbekistonda 8 iyundan ochiladigan masjidlar ro‘yxati e’lon qilindi

Jamiyat

image
Musulmonlar idorasi karantin vaqtida masjidlarda namoz o‘qish bo‘yicha bayonot berdi north_east

Musulmonlar idorasi karantin vaqtida masjidlarda namoz o‘qish bo‘yicha bayonot berdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasining karantin davrida masjidlar faoliyatini tashkil etish yuzasidan bayonotiga muvofiq, 2020 yil 8 iyundan boshlab "yashil" hududlarda masjidlar ochiladi. Ungacha, 5–8 iyun kunlari sanitar choralar amalga oshiriladi.

“Haqiqatan, barcha mo‘min-musulmonlarimiz masjidlarda namoz o‘qishni juda sog‘inishdi. Allohga shukrki, masjidlar eshiklari yana ochildi, karantin mezonlariga amal qilgan holda “yashil” hududlarda fayzli ibodatlarni boshlaymiz. 

Qolgan «sariq» va «qizil» hududlar “yashil” hududga o‘tgunga qadar masjidlar faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan bo‘lib, bir oz sabr qilsak, ushbu kasallik xavfi kamaysa, u yerlarda ham masjidlar faoliyatiga ruxsat etiladi, insha Alloh”, deyiladi xabarda.

“Yashil”, “sariq” va “qizil” hududga toifalangan tuman-shaharlardagi masjidlarning ro‘yxatini PDF formatida yoki O‘zbekiston Musulmonlar idorasining rasmiy saytida e’lon qilingan suratlar orqali bilib olishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

masjid

Baholaganlar

708

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing