O‘zbekistonda 8 iyundan ochiladigan masjidlar ro‘yxati e’lon qilindi
Jamiyat
−
05 iyun 2020 22238 1 daqiqa
O‘zbekiston musulmonlari idorasining karantin davrida masjidlar faoliyatini tashkil etish yuzasidan bayonotiga muvofiq, 2020 yil 8 iyundan boshlab "yashil" hududlarda masjidlar ochiladi. Ungacha, 5–8 iyun kunlari sanitar choralar amalga oshiriladi.
“Haqiqatan, barcha mo‘min-musulmonlarimiz masjidlarda namoz o‘qishni juda sog‘inishdi. Allohga shukrki, masjidlar eshiklari yana ochildi, karantin mezonlariga amal qilgan holda “yashil” hududlarda fayzli ibodatlarni boshlaymiz.
Qolgan «sariq» va «qizil» hududlar “yashil” hududga o‘tgunga qadar masjidlar faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan bo‘lib, bir oz sabr qilsak, ushbu kasallik xavfi kamaysa, u yerlarda ham masjidlar faoliyatiga ruxsat etiladi, insha Alloh”, deyiladi xabarda.
“Yashil”, “sariq” va “qizil” hududga toifalangan tuman-shaharlardagi masjidlarning ro‘yxatini PDF formatida yoki O‘zbekiston Musulmonlar idorasining rasmiy saytida e’lon qilingan suratlar orqali bilib olishingiz mumkin.
Live
BarchasiTibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi
28 avgust
Maktablarda qamrov 78 foizga oshirildi
28 avgust