O‘zbekistonda 59 yashar fuqaro koronavirusdan vafot etdi
Jamiyat
−
03 iyul 2020
10292O‘zbekistonda koronavirusga chalingan yana bir bemor vafot etdi. Jami vafot etganlar 28 nafarga yetdi.
Toshkent shahrida yashovchi 59 yoshli G‘.B. joriy yil 2 iyul kuni o‘ta og‘ir holatda poytaxt Toshkentdagi I.Irgashev nomli 4-son shahar klinik shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan va sun’iy nafas berish apparatiga ulangan.
Unga “Yurak ishemik kasalligi, qandli diabet, surunkali buyrak yetishmovchiligi, infarktdan keyingi kardioskleroz, ikki tomonlama pnevmoniya” tashxisi qo‘yilgan.
Shuningdek, bemorda shu kuni koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan.
Bemor (erkak kishi) oxirgi 7 yil davomida yurak ishemik kasalligi, qandli diabet, surunkali buyrak yetishmovchiligi tashxisi bilan davolanib yurgan. Doimiy gemodializ muolajasini olib turgan.
Joriy yil 2 iyul kuni shifokorlar tomonidan standart asosida ko‘rsatilgan tezkor reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir yurak-qon tomir va o‘pka yetishmovchiligidan vafot etdi.
LiveBarchasi