O‘zbekistonda 55 yildan beri deyarli uchramagan noyob ko‘rshapalak topildi

Jamiyat

−

image

O‘zbekiston faunasida ilgari qayd etilmagan turkman uzunquloq ko‘rshapalagi aniqlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qayd etilishicha, yangi tur “Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bog‘i hududida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti olimlari hamda xorijlik mutaxassislar ishtirokidagi ekspeditsiya davomida aniqlangan.

Turkman uzunquloq ko‘rshapalagi (Plecotus turkmenicus) Markaziy Osiyoda tarqalgan, o‘ta noyob va kam o‘rganilgan tur hisoblanadi. U haqidagi avvalgi ma’lumotlar 1970 yilgacha bo‘lgan kuzatuvlar va muzey eksponatlariga asoslangan. So‘nggi 55 yil davomida esa bu ko‘rshapalak tabiatda deyarli uchramagan.

Ekspeditsiya Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi (IUCN) tomonidan amalga oshirilayotgan, Germaniya Atrof-muhit vazirligining Xalqaro iqlim tashabbusi (IKI) moliyalashtiradigan “One Health in Nature Conservation” (“Tabiatni muhofaza qilishda yagona salomatlik”) loyihasi doirasida tashkil etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning davlat ramzlari qatorida Buxoro Xonguli (noyob bug‘u turi) tasvirlanishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing