O‘zbekistonda 5 yoshdan katta bolalarni emlashga ruxsat berildi

Salomatlik

image

Endi O‘zbekistonda 5 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar ham koronavirusga qarshi emlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi  o‘tkazilgan brifingda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

Uning ta’kidicha, mamlakatda 5-11 yoshli bolalarni emlash bo‘yicha alohida ko‘rsatma tayyorlandi. Ular Pfizer vaksinasining 0,1 ml litr dozasi bilan emlanadi. Bunda 6 dozali vaksinani samarali ishlatish uchun bir paytning o‘zida emlash punktlariga 18-20 nafar bolani yig‘ib, vaksinani qo‘llash nazarda tutilgan.

Shuningdek, COVID-19 ga qarshi emlanadiganlar soni endi 5 yoshdan yuqori aholi statistikasi bilan yuritiladi.

“Davlat tashkilotlarida 50 mingdan ko‘p, xo‘jalik yuritish sub’ektlarida 20 mingdan ko‘p emlanmagan fuqaro mavjud. Ularni ham emlash jarayoniga jalb etish joiz”, deydi Nurmat Otabekov.

Avvalroq, Braziliyada koronavirusga qarshi Pfizer vaksinasi bilan emlangan 10 yashar bolaning yuragi to‘xtab qolgani xabar qilingandi. Bola reanimatsiyadan so‘ng, o‘ziga kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina

Baholaganlar

63

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing