O‘zbekistonda 5 mamlakat ishbilarmonlarining biznes forumi o‘tkaziladi – Xidayxodjayev
Jamiyat
−
17 Sentabr 2019
3869Ayni vaqtda O‘zbekistonning Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashiga a’zolikka olinishi bilan bog‘liq tashkiliy ishlar olib borilmoqda. Joriy yilning 5 oktyabr kuni esa poytaxt Toshkent shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashiga a’zo davlatlar biznes forumi o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Jahongir Xidayxodjayev ma’lum qildi.
Mazkur forumda Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan yirik ishbilarmonlar ishtirok etishi kutilmoqda. Mazkur biznes forum O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Turk kengashi ishbilarmonlar guruhi bilan hamkorlikda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, joriy yilning 15 oktyabr kuni Ozarbayjonning Baku shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining 7-sammiti bo‘lib o‘tadi.
“O‘zbekiston Tashkilotga to‘laqonli a’zo bo‘lib kirish bilan Turkiy kengash doirasida rejalashtirilgan muhim loyihalarni amalga oshirish, tegishli hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilishda faol ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi”, deydi Jahongir Xidayxodjayev.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 14 sentyabr kuni “Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashini tuzish to‘g‘risidagi Naxichevan Bitimini (Naxichevan, 2009 yil 3 oktyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonunni imzoladi.
LiveBarchasi