O‘zbekistonda 3 sudya qasamyodini buzgani uchun lavozimidan ozod etildi
Jamiyat
−
15 Sentabr 2022
8966Surxondaryo, Buxoro va Toshkent viloyatlarida 4 nafar sudya lavozimidan ozod etildi. Ularning uch nafari sudyalik qasamyodi, Sudyalar odobi kodeksi va odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzgani uchun lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kecha, 14 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishda bir necha nafar sudyaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatishga oid masala ham ko‘rib chiqilgan.
Yakunda Kengash qarori bilan:
• Buxoro viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudining sudyasi S. Badriddinov sudyalik qasamyodini hamda Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzgani;
• Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz tumanlararo sudining sudyasi N.Baratov va Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudining sudyasi F.Djalalova odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzgani uchun lavozimidan ozod etilib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.
Shuningdek, Toshkent viloyati Nurafshon tumanlararo ma’muriy sudining raisi B.Normamatov o‘z arizasi ko‘ra, Sirdaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi X.Nabiyev vafot etgani sababli vakolatlari muddatidan ilgari tugatilib, lavozimidan ozod qilingan.
LiveBarchasi