Endi sudyalikka nomzodlar akademiyada o‘qitiladi
Jamiyat
−
25 avgust 2025 3110 2 daqiqa
Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi negizida O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi tashkil etiladi. Bu 21 avgust kuni qabul qilingan “Odil sudlov sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoniida belgilangan.
Farmonga ko‘ra, 2025 yil 1 oktyabrdan:
- Cudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash Akademiyaning 6 oylik kasbiy qayta tayyorlash kurslarida davlat granti asosida tashkil etiladi;
- kurslarga qabul qilingan shaxslar ularning egallagan lavozimi butun o‘qish davri mobaynida saqlanadi;
- o‘qish davrida tinglovchilarga sudya yordamchisining 1 oylik mehnatiga haq to‘lash fondi miqdorida har oyda stipendiya to‘lanadi;
Odil sudlov akademiyasi kursiga qabul qilish quyidagilardan iborat tanlov asosida amalga oshiriladi:
- psixologiya,
- chet tillari;
- sud ixtisosligi bo‘yicha test sinovlari;
- yozma imtihon;
- yakka tartibdagi suhbat.
Yakuniy attestatsiya imtihoni natijalariga ko‘ra, kursni tamomlagan bitiruvchilar arizasiga asosan bo‘sh sudyalik lavozimlariga o‘tkaziladigan tanlovlarda ishtirok etadilar.
O‘qish dasturini o‘zlashtirmagan va yakuniy attestatsiya imtihonidan o‘tmagan tinglovchilar, bo‘sh sudyalik lavozimiga 3 yilgacha muddatda ariza topshirmagan yoki taklif etilgan sudyalik lavozimini egallashni rad etgan bitiruvchilar olingan stipendiya summasini to‘liq miqdorda qoplab beradi.
Farmonga ko‘ra, sudya va sud apparati xodimlarining majburiy malakasini oshirishning quyidagi tartibi joriy etiladi:
- 5 yil muddatga tayinlangan sudyalar – har 2 yilda, 10 yil muddatga tayinlangan sudyalar – har 3 yilda 2 haftadan kam bo‘lmagan;
- Oliy sud sudyalari, sud raislari va rais o‘rinbosarlari, shuningdek, muddatsiz davrga tayinlangan sudyalar – har 3 yilda 1 haftadan kam bo‘lmagan;
- faoliyat samaradorligi reytingining past ko‘rsatkichlariga ega sudyalar – navbatdan tashqari 2 haftadan kam bo‘lmagan;
- sud apparati xodimlari – har 2 yilda 1 haftadan kam bo‘lmagan malaka oshirish kurslarida o‘qitiladi.
Amaldagi sudyalar uchun murakkab toifadagi ishlar bo‘yicha malaka oshirish kurslari tashkil etiladi. Rahbarlik lavozimlariga, qoida tariqasida, faqat rahbar kadrlarni qayta tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan sudyalar tayinlanadi. Akademiyada 2026/2027 o‘quv yilidan “Sud faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura dasturi asosida o‘qitish tashkil etiladi.
Live
BarchasiSuriyada KIP qo‘mondoni o‘ldirib ketildi
21 yanvar