O‘zbekistonda 3 oy ichida qancha kishi oiladagi zo‘ravonlik uchun sudlangani ochiqlandi

Jamiyat

image

2024 yilning 1-choragida 4 ming 343 nafar shaxs oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik bo‘yicha ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2024 yilning 1-choragida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi (shahvoniy shilqimlik qilish) bilan 318 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilib, ularning 97 nafariga jarima jazosi, 221 nafariga esa ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan. Taqqoslash uchun o‘tgan yili ushbu modda bo‘yicha 666 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilib, ularning 233 nafariga jarima jazosi, 433 nafariga esa ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Bu yilning birinchi choragida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 59-2-moddasi (oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) bilan 4 ming 343 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilib, ularning 2 ming 344 nafariga jarima jazosi, 1 ming 999 nafariga esa ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi. 2023 yilda esa xuddi shu modda bilan 8 ming 928 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilib, ularning 5 ming 229 nafariga jarima jazosi, 3 ming 699 nafariga esa ma’muriy qamoq jazosi berilgan.

Bu yil Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi (oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) bilan 134 nafar shaxs sudlanib, ularning 51 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 83 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlandi. 2023 yilda esa Jinoyat kodeksining ushbu moddasi bilan 203 nafar shaxs sudlanib, ularning 59 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 144 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar berilgan.

Jinoyat kodeksining 141-3-moddasi (shaxsning sha’nini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ma’lumotlarni oshkor qilish) bilan 40 nafar shaxs sudlanib, ularning 13 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 27 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlandi. O‘tgan yili esa Jinoyat kodeksining shu bilan 48 nafar shaxs sudlanib, ularning 7 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 41 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar qo‘llanilgan.

 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Oliy sud oilaviy zo'ravonlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing