O‘zbekistonda 26 ta bank 3,8 mlrd so‘mlik jarimaga tortilgani aytildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2022 yilda bank qonunchiligi talablarini buzganligi uchun 26 ta bankka nisbatan 56 ta holat bo‘yicha jami 3,8 milliard so‘m miqdorida jarimalar undirildi. Bu haqda kecha, 2 iyun kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining qirq birinchi yalpi majlisida Markaziy bankning 2022 yilgi hisobotida ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, 2022 yilda tijorat banklarida 19 ta va mikromoliya tashkilotlarida 9 ta tematik inspeksiyalar o‘tkazilgan.

Tekshiruvlar davomida qariyb 39 mingta mijozning jami 37 trillion so‘mlik kreditlari yoki ushbu banklar jami kredit portfelining 58 foizi qamrab olingan.

Tekshirish natijalari asosida kapital va likvidlilik me’yorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni haqqoniy aks ettirmagan banklarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan. Qonun hujjatlarida belgilangan talablarni buzgan banklarga nisbatan ayrim operatsiyalarni to‘xtatish, jarima sanksiyalari va boshqa ta’sirchan choralar qo‘llanilgan.

Jumladan, bank qonunchiligi talablarini buzganligi uchun 26 ta bankka nisbatan 56 ta holat bo‘yicha jami 3,8 mlrd so‘m miqdorida jarimalar undirilgan.

Bank qonunchiligida belgilangan talablarni bajarmagani uchun “Hi-Tech Bank” va Turkiston” xususiy aksiyadorlik tijorat banklarining bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalari chaqirib olingan va bank omonatchilarining mablag‘larini to‘liq to‘lab berilishi ta’minlangan.

“Turkiston” xususiy aksiyadorlik tijorat banki omonatchilari mablag‘larini 251 mlrd so‘mi fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash jamg‘armasi hisobidan qoplab berildi.

Geosiyosiy keskinlashuvlar natijasida iqtisodiy sanksiyalar va eksportga taqiqlar bilan bog‘liq xatarlarni iqtisodiyotga salbiy ta’sirlarini minimallashtirish, komplayens-nazorat tizimini takomillashtirish borasida ham tegishli ishlar amalga oshirildi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston bank jarima

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing