O‘zbekistonda 21 ta “zapravka”ning sifatsiz benzin sotayotgani aniqlandi
3-sahifa
−
21 dekabr 2023
611021 ta AYOQSHda sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi “O‘zenergoinspeksiya” bilan hamkorlikda respublika bo‘ylab AYOQSHlarda benzin mahsulotlarining nazorat xaridlari o‘tkazildi. Unda 82 ta "zapravka"lardan xarid qilingan benzin mahsulotlari laboratoriyada tekshirilgan.
Bildirilishicha, dastlabki o‘rganishlar natijasida 21 ta holatda benzin mahsulotlarining sifati belgilangan talablarga javob bermasligi ma’lum bo‘lgan. 4 ta shoxobchada esa belgilangan miqdordan kam quyish holatlari kuzatilgan. Bunda iste’molchilarga yetkazilgan zararning miqdori 300 mln so‘m, deb baholangan.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan Raqobat qo‘mitasi tomonidan ish qo‘zg‘atilib, iste’molchilarga yetkazilgan zararni qoplatish choralari ko‘rilmoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 13-moddasiga binoan nuqsonli tovar sotilganda nuqsonlarni bartaraf etish, ko‘rilgan zararni qoplash va boshqa holatlar belgilab o‘tilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida AI-80 markali benzinni AI-92 yoki AI-95, deb aldab sotayotgan 7 ta shohobcha aniqlangandi.
LiveBarchasi