Andijonda AI-80 markali benzinni “AI-92” yoki “AI-95” deb sotayotgan “zapravka”lar aniqlandi

Jamiyat

image

Andijon viloyatida benzin muammosi bilan bog‘liq holat mutasaddilar e’tiborini tortdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, viloyatning benzin to‘ldirish shoxobchalariga 500 tonna AI-80 markali benzin olib kelingan. Ammo hali ham haydovchilardan ushbu turdagi yonilg‘ining yetishmayotgani haqida murojaatlar kelib tushmoqda. Shu sababli hozirda viloyat hokimi va mutasaddilar tomonidan vaziyatni o‘rganish va shoxobchalarni tekshirish ishlari boshlangan.

Hozirga qadar qoidabuzar 7 ta avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari (AYOQSH) aniqlangan.

“Ishchi guruh tomonidan Andijon viloyatida joylashgan AYOQSHlardagi sotilayotgan mahsulotlardan namunalar olinyapti. AI-80 markali benzinni AI-92 yoki AI-95, deb aldab sotayotganlar ko‘p. Joriy yilning 14-15 dekabr kunlari namunalar olingan. 14 dekabrda olingan 17 ta namunadan 7 tasida aktan (actane) miqdori to‘g‘ri kelmagan. Natijada benzin markasini noto‘g‘ri ko‘rsatish orqali aldov yo‘li bilan sotilayotgani ma’lum bo‘lgan”, deydi “Energiyainspeksiya” Andijon hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sirojiddin Muxtorov.

Ma’lumot uchun, Actane AAA – sirt faol moddaning suyuq aralashmasi bo‘lib, bug‘lanishni kamaytiradi, sirt tarangligini pasaytiradi. Shuningdek, oltingugurt, xlorid, fosforik va gidroftorik kabi oksidlanmaydigan kislotalarda tuzlanishni yaxshilaydi. Benzinga oddiy markali yonilg‘ining kuchini oshirish maqsadida qo‘shiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekistonda benzin taqchilligi sun’iy ravishda keltirib chiqarilayotganini ma’lum qilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Andijon benzin zapravka AI-92 AI-80 AI-95

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing