O‘zbekistonda 2021 yilda necha kishi koronavirusga chalinib, qancha odam sog‘aygani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
18 iyun 2021
186472021 yil davomida O‘zbekistonda 28 ming nafar fuqaroda koronavirus tasdiqlandi va 25 774 nafar kishi koronavirusdan sog‘aydi. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar berdi.
Statistikaga ko‘ra, 2021 yilning 1 yanvarigacha 77 182 nafar fuqaro koronavirus bilan kasallangan bo‘lsa, 17 iyun holatiga ko‘ra, 105 219 nafar bemorda koronavirus aniqlangan.
O‘tgan besh oydan oshiq vaqt mobaynida 28 037 nafar fuqaro kasallikka chalingan. Hududlar kesimida yil boshidan beri kasallanganlar ko‘rsatkichi quyidagicha:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 453 nafar,
- Andijon viloyatida 564 nafar,
- Buxoro viloyatida 494 nafar,
- Jizzax viloyatida 542 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 444 nafar,
- Navoiy viloyatida 205 nafar,
- Namangan viloyatida 454 nafar,
- Samarqand viloyatida 2930 nafar,
- Sirdaryo viloyatida 369 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 526 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 641 nafar,
- Xorazm viloyatida 516 nafar,
- Toshkent viloyatida 4088 nafar,
- Toshkent shahrida 15811 nafar nafar fuqaroda koronavirus tasdiqlangan.
Statistikaga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvargacha 75 244 nafar fuqaro koronavirusdan sog‘aygan bo‘lsa, 2021 yil 17 iyun holatiga ko‘ra, 101 018 nafar bemor kasallikdan tuzalganini ko‘rish mumkin. Yil boshidan beri, o‘tgan besh oy ichida 25 774 nafar fuqaro infeksiyadan forig‘ bo‘lgan.
Hududlar kesimida yil boshidan beri koronavirusdan sog‘ayish ko‘rsatkichi quyidagicha:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 404 nafar,
- Andijon viloyatida 535 nafar,
- Buxoro viloyatida 442 nafar,
- Jizzax viloyatida 494 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 361 nafar,
- Navoiy viloyatida 193 nafar,
- Namangan viloyatida 479 nafar,
- Samarqand viloyatida 2776 nafar,
- Sirdaryo viloyatida 325 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 292 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 584 nafar,
- Xorazm viloyatida 493 nafar,
- Toshkent viloyatida 3598 nafar,
- Toshkent shahrida 14 798 nafar nafar fuqaro koronavirusdan tuzaldi.
LiveBarchasi