O‘zbekistonda 2020 yilda go‘daklar va onalar o‘limi ko‘paygan

Jamiyat

image

2020 yil avvalgi yilga nisbatan go‘daklar o‘limi 428 taga, onalar o‘limi 10 taga oshgan. Bu haqda Oliy Majlis Senatining 23 aprel kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisida ma’lum qilindi.

Senat Matbuot xizmat ma’lumotiga ko‘ra, 2020 yili 6 860 nafar go‘dak va 155 nafar ona vafot etgan. 2019 yilda bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 6 432 ta va 145 ta bo‘lgan.

Bir yil davomida go‘daklar o‘limi 428 taga, onalar o‘limi esa 10 taga ko‘paygan. Go‘dak va onalar o‘limining ko‘payishiga reproduktiv salomatlikni, onalik va bolalikni muhofaza qilishga oid qonun hujjatlari ijrosini ta’minlashdagi kamchiliklar sabab qilib ko‘rsatilgan.

Avvalroq, 2020 yilda O‘zbekistonda umumiy jinoyatchilik 34,7 foizga, jumladan qasddan odam o‘ldirish 13,1 foizga, qasddan og‘ir shikast yetkazish 13 foizga, nomusga tegish 27,7 foizga oshgani ma’lum qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Senat o'lim go'dak

Baholaganlar

128

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing