O‘zbekistonda 2 mingga yaqin bog‘cha, maktab va tibbiyot muassasasiga suv tashib kelinadi
Jamiyat
−
08 fevral 2022
2750O‘zbekiston shu bugungi kunda 2 mingga yaqin bog‘cha, maktab va tibbiyot muassasalari markaziy tarmoqqa ulanmagani bois, suvni tashib kelishga majbur bo‘lmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Preziyednti Shavkat Mirziyoyev hududlarda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash masalalari yuzasidan o‘tkazilayotgan yig‘ilishda aytib o‘tdi.
Yig‘ilishda qayd etilishicha, so‘nggi besh yil davomida aholi suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha 10 trillion so‘m yoki oldingi yillarga nisbatan 5 baravar ko‘p mablag‘ ajratilgan. Bu davrda ilk bor 6,5 million aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi.
2021 yilda 6300 kilometrga yaqin ichimlik va oqova suv tarmoqlari tortilgani, 474 ta suv inshootlari qurilgani, 592 ta mahallada 2,5 million aholining suv ta’minoti yaxshilangani ta’kidlandi.
“Eng muhimi, bu ishlar hisobiga 1,5 million aholi ilk bor ichimlik suvi bilan ta’minlandi. Shu bilan birga, hali sohada yechimini kutayotgan muammolar ko‘p”, degan Prezident.
Shavkat Mirziyoyev 4 mingta mahallada ichimlik suvi sutkasiga 4-6 soat berilishini, 1,5 mingdan ortiq mahallada markazlashgan ta’minot yo‘lga qo‘yilmaganini tanqid qilgan.
Bundan tashqari, Qashqadaryo, Surxondaryo va Jizzaxda ichimlik suvi ta’minoti 60 foizdan kam.
LiveBarchasi