O‘zbekistonda 2 million aholiga mo‘ljallangan megapolis barpo etilmoqda

Jamiyat

image

Toshkent xalqaro investitsiya forumida Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarni rivojlantirishda investitsiyaviy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish O‘zbekistonning strategik ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.

Davlat rahbarining qayd etishicha, mamlakat aholisi qarib 40 million kishiga yaqinlashib bormoqda. Jadal demografik o‘sish va iqtisodiy taraqqiyot urbanizatsiya va shaharsozlik sohasida keng ko‘lamli dasturlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda.

Shu munosabat bilan 2040 yilga qadar mamlakatda quriladigan uy-joylar hajmini ikki baravarga oshirish hamda urbanizatsiya darajasini hozirgi 51 foizdan 65 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

Prezidentning ma’lum qilishicha, poytaxtga tutash hududda 2 million aholiga mo‘ljallangan zamonaviy Yangi Toshkent megapolisi barpo etilmoqda. Shuningdek, Andijon, Namangan va Samarqand shaharlarini millionli shaharlar darajasiga olib chiqish bo‘yicha yirik loyihalar boshlangan.

Qayd etilishicha, mamlakatda uy-joy qurilishi yo‘nalishidagi loyihalar yillik kamida 10 milliard dollarlik kafolatli bozorni shakllantiradi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston infratuzilma sohasida davlat-xususiy sheriklik asosida 27 milliard dollarlik loyihalarni investorlar bilan birgalikda amalga oshirishga tayyor ekanini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent xalqaro investitsiya forumida Prezident Shavkat Mirziyoyev transport va logistika sohasini rivojlantirishni O‘zbekiston iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qayd etgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing