O‘zbekistonda 161 mlrd so‘mlik giyohvandlik vositalari noqonuniy muomaladan chiqarildi (video)
3-sahifa
−
19 noyabr
2156Joriy yilning oktyabr oyi davomida O‘zbekistonda 255 kg 420 gr giyohvandlik vositalari noqonuniy muomaladan chiqarildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning oktyabr oyida ichki ishlar organlari va huquq-tartibot idoralari hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda respublika miqyosida o‘tkazilgan “Giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha dolzarb oylik” doirasida 1155 ta holat aniqlanib, 255 kg 420 gr giyohvandlik vositalari noqonuniy muomaladan olib tashlangan.
Ulardan 99 kg “marixuana”, 67 kg “geroin”, 63 kg “gashish”, 15 kg “sintetik”, 11 kg “opiy” va 691 gr ko‘knori giyohvandlik vositalarining noqonuniy tarqatilishining oldi olingan. Shuningdek, 824 ming 474 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari aniqlangan va ularni “zakladka” usulida tarqatib kelayotgan guruhlar faoliyatiga chek qo‘yilgan.
Bundan tashqari, hududlarda olib borilgan hamkorlikdagi tadbirlar natijasida 287 tup tarkibida giyohvandlik moddasi bor o‘simliklar aniqlanib, yo‘q qilingan. Muomaladan olingan ashyoviy dalillarning chakana narxi 161,4 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston va Qirg‘izistondan kontrabanda yo‘li bilan keltirilgan qariyb 65 kg “gashish” giyohvandlik vositasi musodara qilingandi.
LiveBarchasi