O‘zbekistonda 143 ta texnikum tashkil etiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda texnikumlar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi va 2020 yil Davlat dasturi loyihasida qayd etilgan.

Hujjat bilan yangi professional ta’lim muassasalarini tashkil etiladi. Ularga o‘quvchilar qabul qilish, o‘qitish va yashash shart-sharoitlari yaratiladi.

Loyihaning bajarilish muddati 2020 yil 1 aprel etib belgilangan.

Ijro uchun mas’ullar - Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, tizimida professional ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari.

Rejada:

•  340 ta kasb-hunar maktabi, 147 ta kollej va 143 ta texnikum tashkil etish;

•  professional ta’lim muassasalarining o‘quvchilarini qabul qilish imkoniyatlari va mehnat bozoridagi kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganish;

•  professional ta’lim muassasalari, kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘quvchilarni qabul qilish parametrlarini shakllantirish nazarda tutiladi.


Maqola muallifi

Teglar

texnikum

Baholaganlar

1096

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing