O‘zbekistonda 13 858 ta ovqatlanish korxonasi faoliyati to‘xtatildi

Jamiyat

image
Senat majlisi koronavirus sabab yangicha shaklda o‘tkaziladigan bo‘ldi north_east

Senat majlisi koronavirus sabab yangicha shaklda o‘tkaziladigan bo‘ldi

Toshkentga piyoda yoki velosipedda kirib-chiqish mumkinmi? north_east

Toshkentga piyoda yoki velosipedda kirib-chiqish mumkinmi?

O‘zbekistondagi barcha umumiy ovqatlanish korxonalari faoliyati vaqtinchalik to‘xtatildi. Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishi oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi joriy yilning 19 mart kuni mamlakat hududidagi barcha umumiy ovqatlanish korxonalari faoliyatini vaqtincha to‘xtatish haqida qaror qabul qilgan edi.

Ushbu qarordan kelib chiqib Davlat soliq qo‘mitasiga Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya bilan birgalikda vaqtinchalik faoliyati to‘xtatilayotgan tadbirkorlik sub’ektlarini cheklovlarga amal qilishi ustidan nazorat o‘rnatish vazifasi topshirildi. Bu haqda DSQ Matbuot xizmati xabar berdi.

20-22 mart kunlari Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birga olib borilgan chora-tadbirlar natijasida respublikada mavjud 13 858 ta umumiy ovqatlanish korxonasi (yoki filiali) to‘liq qamrab olinib, ularning faoliyati vaqtincha to‘xtatilishi ta’minlandi.

Jumladan, Toshkent shahridagi mavjud 2644 ta, Samarqand viloyatida 2081 ta va Buxoro viloyatida 1187 ta umumiy ovqatlanish ob’ekti faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Bu respublika bo‘yicha eng yirik ko‘rsatkichlar.

Bu borada eng past ko‘rsatkich Sirdaryo, Navoiy va Jizzax viloyatlariga to‘g‘ri keldi. Sirdaryoda 387 ta, Navoiyda 465 ta hamda Jizzaxda 467 ta umumiy ovqatlanish ob’ekti faoliyati vaqtinchalik to‘xtatildi.  

Ayni paytda tayyor ovqatlarni yetkazib berish xizmati ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini davom ettirmoqda. Umumiy ovqatlanish korxonasi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan barcha tadbirkorlik sub’ektlari ham mazkur xizmatni taqdim etishi mumkin.

DSQning eslatishicha, talablarning bajarilmasligi qonuniy choralar  ko‘rish va belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda ushbu virusni yuqtirib olganlar 49 nafarga yetdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

karantin koronavirus

Baholaganlar

20

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing