Toshkentga piyoda yoki velosipedda kirib-chiqish mumkinmi?

Jamiyat

image

Ma’lumki, bugun soat 00:01 boshlab Toshkentni viloyatlar bilan bog‘lovchi darvozalar to‘liq yopildi. Ayni vaqtda tahririyatimizga ko‘plab fuqarolar murojaat qilmoqda. Murojaatda fuqarolarning Toshkent shahriga piyoda yoki velosipedda kirib-chiqishida to‘siqlar bor-yo‘qligi so‘ralgan. QALAMPIR.UZ ushbu masalaga yana bir bor aniqlik kiritish maqsadida IIV Matbuot xizmati rahbari Shohruh G‘iyosovga yuzlandi. 

Unga ko‘ra, Toshkent shahriga postlar orqali piyoda yoki velosipedda kirib chiqishda hozircha hech qanday taqiqlar qo‘yilmagan. Faqatgina fuqarolar karantin vaqtida belgilangan talablarni bajarishi lozim bo‘ladi. Velosipedini dezinfeksiya qildirish, niqob taqish va boshqa talablar fuqarolar tomonidan hech qanday qarshiliksiz bajarilishi shart.

Avvalroq Transport vazirligi Toshkent shahriga respublikaning barcha hududlaridan kirish va chiqishni har qanday transport vositalarida (avtobus, avtomobil, avia, temir yo‘l) 2020 yilning 24 mart kuni soat 00:01 dan boshlab to‘xtatish bo‘yicha qaror qabul qilingani, Toshkent shahriga kirish va chiqishdagi cheklovlar yuk tashish bilan bog‘liq hollarga, shuningdek, Toshkent shahrida doimiy yashovchi (ro‘yxatdan o‘tgan) shaxslarga Toshkent shahriga kirish uchun tatbiq etilmasligi belgilanini ma’lum qilgandi.

Keyinroq IIV Matbuot xizmati rahbari o‘rnatilgan taqiqlar faqat avtobus, avtomobil, aviatashuv va temir yo‘lga aloqador bo‘lib, Toshkent viloyati tumanlaridan ishga qatnovchilar yoki poytaxtdan biror yumush bilan Toshkent viloyatiga yo‘lga chiquvchilar postlardan avtomobilsiz o‘tishlari mumkinligini aytgandi.

Joriy yilning 24 mart kuni Toshkentni viloyatlar bilan bog‘lovchi barcha postlar (yo‘l patrul xizmati maskani) 00:01dan e’tiboran noma’lum muddatga yopildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

308

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing