O‘zbekistonda 11-sinf bitiruvchilari qancha?

Jamiyat

image
Namlangan ko‘zlar va titragan qo‘llar. Maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” qanday o‘tdi? (fotoreportaj) north_east

Namlangan ko‘zlar va titragan qo‘llar. Maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” qanday o‘tdi? (fotoreportaj)

2024/2025 o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining 11-sinfini bitirishi kutilayotgan o‘quvchilarning umumiy soni 455,2 ming nafarni tashkil etadi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilgi bitiruvchilarning 243,1 ming nafari qiz bolalarni tashkil etgan. Jami 11-sinf bitiruvchilari ko‘rsatkichi 2023/2024 o‘quv yiliga nisbatan solishtirilganda 49,2 ming nafarga yoki 12,1 foizga oshgan.

Hududlar bo‘yicha 2025 yilda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining 11-sinfini bitirishi kutilayotgan o‘quvchilar soni quyidagicha:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 25 987 nafar;
  • Andijon – 39 598 nafar;
  • Buxoro – 23 619 nafar;
  • Jizzax – 18 367 nafar;
  • Qashqadaryo – 44 670 nafar;
  • Navoiy – 13 427 nafar;
  • Namangan – 37 476 nafar;
  • Samarqand – 51 875 nafar;
  • Surxondaryo – 35 997 nafar;
  • Sirdaryo – 11 105 nafar;
  • Toshkent – 35 764 nafar;
  • Farg‘ona – 47 068 nafar;
  • Xorazm – 29 074 nafar;
  • Toshkent shahri – 41 132 nafar.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 23 may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2024/2025 o‘quv yilida maktabni tugatayotgan bitiruvchilarga o‘z tabrigini yo‘llagandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston bitiruvchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing