O‘zbekistonda 100 ta uy xo‘jaligiga nechta mobil telefon to‘g‘ri kelishi ochiqlandi
Jamiyat
−
02 noyabr 2020
52552020 yilning yanvar-sentabr holatiga O‘zbekistondagi 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan mobil telefonlar soni 285 tani tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2010 yilda ushbu ko‘rsatkich 145 tani, 2015 yilda esa 234 tani tashkil etgan.
100 ta uy xo‘jaligiga nechta yengil avtomobil to‘g‘ri keladi?
Avvalroq, Davlat statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2020 yilning yanvar-sentyabr oylarida, 100 ta uy xo‘jaligiga 48 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelishi haqida ma’lum qilingan edi.
Ma’lumot uchun, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha 2010 yilda - 21 ta, 2015 yilda esa 42 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelgan.
LiveBarchasi