O‘zbekistonda 10 oy davomida qancha shaxs oqlangani ochiqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda joriy yilning 10 oyi davomida  603 nafar shaxsga nisbatan oqlov hukmi chiqarilgan. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.

Bildirilishicha, joriy yilning 10 oyi davomida:

  • 1 289 nafar shaxsga nisbatan jazo tayinlanmasdan hukm chiqarilgan;
  • 10 866 nafar shaxsga oid jinoyat ishlari taraflar yarashgani munosabati bilan tugatilgan;
  • 5 603 nafar shaxsga asossiz qo‘yilgan ayblar ularning ayblovidan chiqarilgan;
  • 8 041 nafar shaxsning harakatlari aybiga muvofiq qayta kvalifikatsiya qilingan;
  • 4 934 nafar shaxs sud zalidan qamoqdan ozod qilingan;
  • 27 302 nafar shaxs tayinlangan jazodan shartli ozod qilingan; 
  • 9 547 nafar shaxsga tayinlangan jazolar yengilrog‘i bilan almashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilning 10 oyi davomida qancha fuqarolar haqorat qilish va tuhmat bilan sudlangani ma’lum qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

sud oqlov hukmi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing