O‘zbekistonda 1 km.kv. maydonga qancha aholi to‘g‘ri keladi?
Jamiyat
−
20 yanvar 2022 10777 1 daqiqa
2022 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda 1 km.kv. yer maydoniga 78,6 nafar doimiy aholi soni to‘g‘ri kelmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
1991 yilda O‘zbekistonda 1 km. kv. yer maydoniga 46,1 kishi to‘g‘ri kelgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda aholi soni har kuni o‘rtacha qariyb 2 ming kishiga oshmoqda. Joriy yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi soni 35 271 276 kishini tashkil etmoqda.
Avvalroq, O‘zbekistonning qaysi hududida doimiy aholi soni eng ko‘p ekani haqida ma’lumot bergan edik.
Live
BarchasiIsroil Bayrutga zarba bermoqda
05 aprel