O‘zbekistonda hisoblagichlar ko‘rigi uzaytirildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Qahramon Ergashevga ko‘ra, 2019 yil 1 noyabrdan boshlab aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining energiya manbalarini hisobga olish priborlarini qiyoslash bilan bog‘lik ishlarni amalga oshirish uchun murojaatlari Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali qabul qilinadi.

Ilgari hisoblagichlarni yechish uchun hududiy energiya ta’minot korxonalariga, hisoblagichni qiyoslashdan o‘tkazish uchun metrologiya xizmatlariga, hisoblagich nosoz deb topilsa, ta’mirlash korxonalariga va yana bir bor hududiy energiya ta’minot korxonalariga hisoblagichlarni qayta o‘rnatish uchun murojaat qilinar edi.

Yana bir muhim o‘zgarish bu hisoblagichlarni qiyoslash davriyligi bilan bog‘liq. Yangi tartibga asosan, hisoblagichlarning qiyoslashlararo muddatlari ikki baravarga uzaytirildi — elektr, gaz va suv hisoblagichlari jismoniy shaxslar uchun 8 yil, yuridik shaxslar uchun 4 yil qilib belgilandi.

Yangi tartibga binoan, hududiy ta’minot korxonalari hisobga olish uskunasini davriy tekshiruvdan o‘tkazishning amal qilish muddati tugashidan 30 kun oldin talabgorning hisobga olish uskunasini davriy tekshiruvdan o‘tkazish zarurligi haqida yozma ravishda ogohlantirish berishi zarurligi belgilab qo‘yildi.

Yana bir muhim masala — hisobga olish uskunasi talabgorning aybisiz vaqtinchalik buzilganda yoki qiyoslashdan o‘tkazish uchun yechib olinganda, yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob Byuroni xabardor qilgan holda, hisobga olish buzilishiga yoki qiyoslashdan o‘tkazishga qadar bo‘lgan oldingi uch hisob-kitob oyidagi o‘rtacha sarf bo‘yicha aniqlanadi. Hisob-kitobning bunday tartibi bir oydan ortiq qo‘llanilishi mumkin emas. Hisobga olish uskunasi bir oy muddatda o‘rnatilmagan hollarda hisob-kitob o‘rtacha sutkalik sarf bo‘yicha amalga oshiriladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

elektr gaz

Baholaganlar

61

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing