O‘zbekistonda hech narsa sirli emas – Norboyeva

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘ninchi yalpi majlisi kun tartibiga Konstitutsiyaga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida masala kiritilmagan. Bu haqda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Senatning o‘ninchi yalpi majlisida so‘z ochdi. Norboyeva ayrim blogerlarning fikriga javob qaytardi.

“Yana bir blogerimiz yozganki, unda Oliy Majlis Senati yalpi majlisi boshlandi. Bugun “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi sirli Qonun ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan deyilgan.

Nafaqat bu bloger, balki boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kun tartibiga Konstitutsiyaga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish masalasi borligi to‘g‘risida o‘qidim. Bu mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Yalpi majlis kun tartibida Konstitutsiyaga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida masala kiritilmagan. Konstitutsiya bizning bosh qomusimiz. Unga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish xalqimiz bilan bemaslahat qilinmaydi”, deydi Senat raisi.

Tanzila Norboyeva so‘zida davom etar ekan,  O‘zbekistonda hech bir narsa sirli emasligini, barcha masalalar ochiq-oshkora ko‘rib chiqilishini ta’kidladi.

“Yana “sirli” degan so‘zga alohida urg‘u bermoqchiman. O‘zbekistonda hech bir narsa sirli emas. Hamma masala ochiq-oshkoralik bilan qabul qilinyapti, ko‘rib chiqilyapti, xalq bilan bamaslahat qilinyapti.

Men nafaqat qonunlarni, balki qonunosti hujjatlarni ham nazarda tutyapman. Hatto Prezidentimiz qabul qilayotgan har bir farmon, har bir qarorga imzo chekishdan avval xalq bilan maslahatlashib, ayniqsa hududlarda deputatlar, jamoatchilik kengashi, olimlar, ekspertlar fikri o‘rganilib, mahalla raislari yoki jamoatchilik kengashlarining selektor yig‘ilishlarida fikr-mulohalari tinglab, keyin imzo chekyaptilar”, deydi Norboyeva.

Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlis Senatining 11 dekabr kungi yig‘ilishida o‘ninchi yalpi majlisni 18 dekabr kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Videokonferensaloqa tarzida o‘tkaziladigan yalpi majlisda ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan masalalar orasida “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunning ko‘rib chiqilishi ham belgilangan.Ushbu ma’lumot Senat rasmiy saytida ham keltirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Senat

Baholaganlar

88

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing