O‘zbekistonda har oltinchi suitsidga oilaviy mojaro sabab bo‘lmoqda – vazir

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Avval xabar berganimizdek, Oliy Majlis Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisida Ichki ishlar vaziri Po‘lat bobojonovning 2020 yil yakuni bo‘yicha axboroti eshitildi.

Hisobotda O‘tgan yilda sodir etilgan har 3-qotillik va har 5-og‘ir tan jarohati yetkazishga oilaviy nizolar sabab bo‘lgani aytib o‘tildi.

Po‘lat Bobojonovning ma’lum qilinishicha, 2020 yilda respublika miqyosida 62 081 ta jinoyatlar qayd etilgan bo‘lib, 100 ming aholiga nisbatan o‘rtacha 182,4 tadan to‘g‘ri kelgan.  

Qayd etilishicha, qotillik jinoyatlarining har uchinchisi (143 tasi, 35,2 foiz), og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyatlarining 192 tasi (20,5 foiz) oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etilgan.

Shu bilan birga, oilaviy nizolarga o‘z vaqtida barham berilmaganligi oqibatida 14 379 ta oila-turmush munosabatlari doirasidagi huquqbuzarliklar sodir etilib, ularning aksariyati ya’ni 50,5 foizi (7 264 tasi) Toshkent, Buxoro, Samarqand va Farg‘ona viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Eng achinarlisi, o‘z joniga qasd qilish holatlarining har oltinchisi aynan o‘z vaqtida hal etilmasdan qolgan oilaviy kelishmovchiliklar bois sodir etilgan.

Og‘ir turmush sharoitida yashayotgan ayollarning muammolari to‘liq hal etilmasdan kelinayotganligi oqibatida 2020 yilda 5 774 nafar xotin-qizlar tomonidan 5 520 ta jinoyat sodir etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

IIV Senat

Baholaganlar

37

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing