O‘zbekistonda har 1000 kishiga qancha ajrim to‘g‘ri kelishi hisoblandi

Jamiyat

image

2022 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston bo‘yicha 24 572 ta nikohdan ajralish holatlari qayd etildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Hududlar kesimida eng ko‘p ajrim Toshkent shahri (2950 ta), Samarqand (2569 ta),Toshkent (2535 ta), Andijon (2532 ta),Farg‘ona (2527 ta), Namangan (2183 ta) va Qashqadaryo (2006 ta) viloyatlarida qayd etilgan.

Shuningdek, Buxoroda –1405 ta, Surxondaryo – 1348 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 1056 ta, Xorazm – 1026 ta, Sirdaryo – 888 ta, Jizzax – 827 ta, Navoiy – 720 ta ajrim qayd etilgan.

Statqo‘mga ko‘ra, har ming nafar aholiga to‘g‘ri keladigan nikohdan ajralishlar soni – 1,4 promilleni tashkil etgan.


Maqola muallifi

Teglar

ajrim

Baholaganlar

319

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing