O‘zbekistonda ajrimlar ko‘payib, nikohlar kamaydi – statistika
Jamiyat
−
23 iyul 10143 1 daqiqa
O‘zbekistonda joriy yilning olti oyi davomida nikohdan o‘tganlar soni kamayib, ajrimlar soni ko‘paydi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning yanvar-iyun oylarida qayd etilgan nikohlar soni 95,3 mingtani tashkil etgan. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan ularning soni 2,1 mingtaga kamaygan.
Nikohlarning yarmidan ko‘pi – 48,7 ming nafari (51,1 foiz) shahar joylarda ro‘yxatga olingan. Qishloq joylarda esa 46,6 ming odam (48,9 foiz) nikohdan o‘tgan.
Shu bilan birga, ilk yarim yillikda 23,3 ming er-xotin ajrashgan, bu o‘tgan yilga nisbatan 0,8 mingtaga ko‘p degani. Ajralishlarning aksariyati shaharlarda qayd etilgan. 14,1 ming er-xotin (60,6 foiz) shaharda, 9,2 ming juftlik qishloq joylarda ajrashgan (39,4 foiz).
Hududlar kesimida eng ko‘p nikohdan ajrashish holati Toshkent shahrida (1,5 ming), Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida (1,2 mingtadan) kuzatilgan. Nikohdan ajralish bo‘yicha eng past ko‘rsatkich (310 ta) Navoiy viloyatida qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 aprel kunidan qabul qilingan qonun bilan O‘zbekistonda oilaviy zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxs talabiga ko‘ra nikohdan ajrashayotganda muhlat tayinlanmasligi belgilangandi.
Live
Barchasi