O‘zbekistonda har 100 kishining nechtasi mobil aloqa bilan ta’minlangani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

2021 yil 1 aprel holatiga ko‘ra, mobil aloqa tizimiga ulangan abonentlar soni 26 mln. 953,5 mingtani tashkil etib, 2020 yilning mos davriga nisbatan 10,8 foizga yoki 2 mln 636,8 mingtaga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Shu jumladan, aholida 24 mln 795,4 mingta abonentni tashkil etgan. 2020 yilning mos davriga nisbatan 6,1 foizga yoki 1 mln. 424,1 mingtaga oshgan.

Mamlakat aholisining mobil aloqa bilan ta’minlanganligi har 100 kishi hisobiga 72 birlikni tashkil etmoqda. 

Yillar kesimida mobil aloqa tizimiga ulangan abonentlar soni:

2019 yil 1 aprel

  • jami: 21 960,2 ming
  • aholida: 21 331,2 ming
  • 2020 yil 1 aprel 
  • jami: 24 316,7 ming 
  • aholida: 23 371,3 ming
  • 2021 yil 1 aprel
  • jami: 26 953,5 ming 
  • aholida: 24 795,4 ming

Maqola muallifi

Teglar

statistika mobil aloqa

Baholaganlar

442

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing