O‘zbekistonda Hamshiralar akademiyasi tashkil etiladi

Jamiyat

image

Turkiyaning Sog‘lik bilimlari universiteti bilan hamkorlikda Toshkentda Hamshiralar akademiyasi tashkil etiladi. Bu haqda Sog‘likni saqlash vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligida universitet rektori Javdat Erdol bilan o‘tgan muloqot chog‘ida bu bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Yangi o‘quv yilidan o‘z faoliyatini boshlaydigan akademiyada hamshiralarni tayyorlash 4 yillik o‘quv dasturi xalqaro ta’lim standartlari asosida amalga oshiriladi. Unga ko‘ra, ta’limning ikki yili O‘zbekistonda va ikki yili Turkiyada olib boriladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va Turkiya Sog‘lik bilimlari universiteti rahbariyati o‘rtasidagi muloqotda tibbiyot tizimi uchun rahbar kadrlarni tayyorlash maqsadida bakalavriat bosqichida “Tibbiyot menejmenti” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 4 yillik qo‘shma dastur yo‘lga qo‘yiladi. Bu loyihada ham talabalar ikki yil Turkiyada tahsil oladi.

Eslatib o‘tamiz, Bosh prokuratura Akademiyasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etilishi haqida xabar berilgan edi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston-Turkiya Sog'liqni saqlash vazirligi hamshiralar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing