O‘zbekistonda hafta so‘nggida yog‘ingarchilik bo‘ladi

Bu qiziq

image

O‘zgidromet 3-5 fevral kunlari O‘zbekiston hududida kuzatilishi mumkin bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3 fevralda kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 4 fevralda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 5 fevralda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Shuningdek, Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 3-4 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin, 5 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-4 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3 fevralda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq, 4 fevralda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq, 5 fevralda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 3 va 5 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 4 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-4 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3 fevralda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq, 4 fevralda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq, 5 fevralda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa havo biroz bulutli bo‘ladi, 3-4 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin, 5 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-4 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3 fevralda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 4 fevralda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 4-9 daraja iliq, 5 fevralda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 6-11 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 3 va 5 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 4 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-4 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3 fevralda 0-5 daraja iliq, 4 fevralda 2-7 daraja iliq, 5 fevralda 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Bundan tashqari, respublikaning tog‘li hududlarida havo  biroz bulutli bo‘ladi, 3-4 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 5 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-4 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3 va 5 fevralda 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, 4 fevralda 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo O'zbekiston yog'ingarchilik O'zgidtomet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing