O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘ladi. Bunda avtomobilsozlikka ta’sir tahlil qilinadi
Jamiyat
−
05 yanvar 2022
21334O‘zbekiston joriy yilda Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasining 91-maqsadida so‘z boradi.
Unga ko‘ra, joriy yil davomida O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha Ishchi guruhning 5-6 yig‘ilishlari o‘tkaziladi.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ko‘p tomonlama muzokaralar tashkillashtiriladi. Tashkilotga a’zo davlatlar bilan tovarlar va xizmatlar bozoriga kirish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar olib boriladi.
Shu maqsadda O‘zbekistonlik mutaxassislarning JST va ko‘p tomonlama savdo tizimi sohasida salohiyati oshiriladi.
Yetakchi xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda, tovarlar va xizmatlar savdosi, intellektual mulk, qishloq xo‘jaligi, importni litsenziyalashtirish, savdodagi texnik to‘siqlar, sanitariya va fitosanitariya to‘g‘risidagi bitimlar bo‘yicha seminar, trening va davra suhbatlarini tashkillashtirish va tegishli axborot-tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash ham muhim ustuvor vazifalar sifatida belgilangan.
Texnik jihatdan tartibga solish, sanitariya va fitosanitariya choralari va intellektual mulk himoyasi sohalarida milliy qonunchilikni JST bitimlarining talablariga muvofiqlashtirish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqiladi.
JSTga a’zo bo‘lish doirasida yetakchi xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda milliy qonunchilik o‘rganib chiqishladi.
Tajribani o‘rgangan holda canitariya va fitosanitariya choralari, texnik tartibga solish, intellektual mulk himoyasi sohalarida tegishli normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari ishlab chiqilib va Vazirlar Mahkamasiga kiritaladi.
Yana bir muhim jihat shundaki, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishining to‘qimachilik, oziq-ovqat, avtomobil ishlab chiqarish sohalariga ta’siri bo‘yicha ma’lumotlar tayyorlanadi.
Xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda, respublikani JSTga a’zo bo‘lishining to‘qimachilik, oziq-ovqat, avtomobil ishlab chiqarish sohalariga ta’siri bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boriladi.
Tadqiqotlar doirasida JSTga a’zo bo‘lishning salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqiladi.
LiveBarchasi