O‘zbekiston janubida zilzila sodir bo‘ldi
Jamiyat
−
10 yanvar 2022
11228O‘zbekiston Respublikasi hududida mahalliy vaqt bilan bugun, 10 yanvar kuni soat 02:41 da (09.01.2022 yil, Grinvich bo‘yicha 21:41 da) zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Zilzila epitsentri Surxondaryo viloyatining Boysun tumani. Zilzila koordinatalari: 38,38 gradus shimoliy kenglik; 67,43 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,4. Chuqurlik 15 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 355 km janubiy-g‘arbda.
O‘zbekiston Respublikasi hududia sezilish kuchi:
- Oltinsoy tumanida 3 ball, 34 km.
- Denov tumanida 3 ball, 35 km.
- Boysun tumanida 3 ball, 36 km.
- Sariosiyo tumanida 2-3 ball, 50 km.
- Qumqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 57 km.
- Sho‘rchi tumanida 2 ball, 61 km.
- Bandixon tumanida 2 ball, 63 km.
- Qamashi tumanida 2 ball, 65 km.
- Uzun tumanida 2 ball, 70 km.
- Dehqonobod tumanida 2 ball, 71 km.
- Shaxrisabz tumanida 2 ball, 71 km.
LiveBarchasi