O‘zbekiston jamoasining Olimpiada litsenziyalari soni yana bittaga ko‘paydi
Sport
−
02 may
4188Badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda start olgan litsenzion Osiyo chempionatini muvaffaqiyatli boshladi. Guruh mashqida ishtirok etgan mezbonlar ko‘pkurash dasturida 69.95 ball jamg‘arib, oltin medal bilan birga Parij-2024 yo‘llanmasini ham naqd qildi.
Bellashuvlarda ishtirok etgan Mumtoza Ishoqzoda, Shahzoda Ibragimova, Iroda Sodiqova, Evelina Atalyans va Amaliya Mamedovadan iborat O‘zbekiston jamoasi 5 ta halqadagi chiqishda 36.60, 3 ta tasma va 2 ta to‘pdagi chiqishda esa 33.35 ball jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.
Ikkinchi o‘rin Yaponiya jamoasiga nasib etgan bo‘lsa, qozog‘istonlik qizlar kuchli uchlikni yakunlab berdi.
Hozirga kelib, O‘zbekiston delegatsiyasining Parij-2024 Olimpiadasi uchun litsenziyalari soni 39 taga yetdi.
LiveBarchasi