O‘zbekiston jamoasining mag‘lubiyatsiz seriyasi yakunlandi
Sport
−
06 may 2023
19203Toshkent shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatining 5-kuni ortda qoldi. Kun dasturida 3 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tarildi.
-92 kg vazn toifasida Lazizbek Mullojonov Kolumbiya vakili Marlo Xartadodan ustun kelgan bo‘lsa, -57 kg da Abdumalik Xalokov gayanalik Kevin Alikokni mag‘lub etdi. Kecha O‘zbekiston jamoasining musobaqadagi dastlabki yo‘qotishi ham qayd etildi. -80 kg da Jasurbek Yo‘ldoshev iordaniyalik charm qo‘lqop ustasi Huseyn Iashishga imkoniyatni boy berdi.
Bugun, 6 may kuni yana 3 nafar mezbonlar vakili jang qiladi. -63,5 kg da Ruslan Abdullayev mavrikiylik Richanro Kolin bilan kuch sinashsa, -67 kg da Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev yaponiyalik Yuto Vakitaga qarshi ringga ko‘tariladi. O‘zbekistonlik bokschilarning bugungi ishtirokini kechgi dasturda Saidjamshid Jafarov yakunlab beradi. Jafarovga meksikalik Alonso Verde raqiblik qiladi.
Abdullayev ishtirokidagi jang soat 14:15 dan keyin boshlansa, Mo‘ydinxo‘jayev va Jafarov ishtirokidagi bahslar 19:00 dan so‘ng start oladi.
LiveBarchasi