O‘zbekiston jamoasi JCHdan qancha daromad ko‘rdi?

Sport

image

Toshkent shahri mezbonlik qilgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati bahslari yakunlandi. Umumjamoa hisobida O‘zbekiston jamoasi 5 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza, jami 9 ta medal bilan 1-o‘rinni egalladi.

Toshkentdagi JCHda IBA tomonidan eng katta sovrin jamg‘armasi belgilangandi.

Chempionat yakunlariga ko‘ra, oltin medal sohiblari 200 ming AQSH dollari, 2-o‘rin egalari 100 ming AQSH dollari va 3-o‘rinni band etgan sportchilar 50 ming AQSH dollari bilan taqdirlandi. Shunday qilib, O‘zbekiston jamoasi vakillari JCHdan jami 1 million 300 ming AQSH dollari ishlab oldi.

Bu borada O‘zbekistondan keyin eng yaxshi natijani qo‘shni Qozog‘iston jamoasi qayd etdi. JCHda 4 ta oltin va 1 ta kumush medaliga ega chiqqan Qozog‘iston vakillari jami 900 ming AQSH dollari bilan mukofotlandi. 2 ta oltin, 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan rossiyalik sportchilar 600 ming AQSH dollarni qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

JCh IBA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing