Shakira JCHdan qancha daromad olgani ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Kolumbiyalik mashhur xonanda Shakira 2026 yilgi Jahon chempionati davomida tijoriy hamkorliklar va reklama loyihalari orqali 17,5 million yevro miqdorda daromad oldi. Bu haqida “Daily Mirror” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, xonanda turnir davrida turli brendlar bilan hamkorlik, reklama kampaniyalari va homiylik shartnomalari hisobidan taxminan 17,5 million yevro ishlab topgan. Jahon chempionati kabi yirik sport musobaqalari nafaqat futbolchilar, balki dunyoga mashhur san’atkorlar uchun ham katta tijoriy imkoniyatlar yaratgan. Shakira ham ushbu davrda xalqaro brendlar bilan hamkorlik qilib, o‘zining yuqori media qiymatini yana bir bor namoyon etgan.

Kolumbiyalik yulduz dastlab Jahon chempionatining ochilish marosimida chiqish qildi va katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Keyinchalik FIFA kolumbiyalik yulduzni turnirning final bahsidagi shousiga ham taklif qildi.

Ispaniya va Argentina terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan final uchrashuvining tanaffus paytida Shakiradan tashqari kanadalik xonanda Jastin Biber, Janubiy Koreyaning BTS pop guruhi va amerikalik mashhur xonanda Madonna ham ishtirok etdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing