Yamal JCHda g‘olib chiqsa, soqol va mo‘ylovini o‘stirishga va’da berdi
Sport
−
08 iyun 1489 1 daqiqa
“Barselona” yarim himoyachisi Lamin Yamal Ispaniya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatida g‘olib chiqsa, soqol va mo‘ylovini o‘stirishga va’da berdi. Bu haqda jurnalist va insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
“Agar biz Jahon chempionatida g‘alaba qozonsak, uch hafta davomida soqol va mo‘ylov o‘stirishga va’da beraman”, deydi Yamal.
Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati joriy yilning 11 iyunidan 19 iyuliga qadar AQSH, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadi.
Ispaniya terma jamoasi “H” guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni va Urugvay terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Luis de la Fuente boshchiligidagi jamoa turnirdagi ishtirokini joriy yilning 15 iyun kuni Kabo-Verdega qarshi o‘yin bilan boshlaydi.
Ushbu musobaqa Yamal uchun ilk Jahon chempionati bo‘ladi. U bungacha Ispaniya terma jamoasi safida Yevro-2024 musobaqasida chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.
Live
Barchasi