O‘zbekiston Jahon bankidan qariyb 300 million dollar qarz oldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Jahon bankidan 296 mln dollar miqdorida qarz olish bo‘yicha 4 ta bitimni imzoladi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov o‘zining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi

Imzolangan bitimlarning ikkitasi – O‘zbekistonda ijtimoiy ob’ektlarda energiya samaradorligini oshirish – 143 mln dollar, barqaror o‘rmonchilik va o‘rmon landshaftlarini tiklash – 142 mln dollarlik loyihalarni o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, ikkinchi loyiha doirasida tadbirlar va konsultativ xizmatlarni moliyalashtirish uchun yana 2 ta: 8 mln va 3 mln dollarlik grant bitimlari imzolangan.

“Ushbu bitimlar yurtimizda yashil energiyadan keng foydalanish hamda ekologik toza muhitga erishishga xizmat qiladi”, deydi Qo‘chqorov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Jahon banki ishtirokidagi amaldagi loyihalar portfeli keyingi bir necha yilda 2 barobar ko‘paygan. Umuman bankning O‘zbekistonga investitsiyalari hajmi 10 milliard dollarga yetgan. Shu yilning 9 mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Anna Berdeni qabul qilgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Jamshid Qo'chqorov Jahon banki

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing